

Portaguliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu o'z instagram sahifasida yaqindagina vafot etgan Peleni xotirladi.
"Braziliyaga chuqur hamdardligimni bildiraman, ayniqsa Pelening oilasiga. Shunchaki yozilgan "xayr" so'zi futbol ommasi chekayotgan qayg'uni ifodalay olmaydi.
Millionlab insonlar uchun Pele zavqlanish va ilhomlanish manbai edi. U hech qachon unutilmaydi. Har bir futbol ishqibozi qalbida Pele mangu yashaydi", -deb yozadi Krishtianu Ronaldu.




