Ronaldu nechta o'yinga chetlatiladi?

Mirjalol Normatov
23 sen 2018, 14:44
Portugaliyalik futbolchi YCHLda ilk marta qizil kartochka olgandi.

Krishtianu "Valensiya"ga qarshi bahsda Jeyson Muriloning boshini ushlab olgani uchun chetlatildi. Bu holat uchun bosh hakam CR7ni chetlatdi.

"Goal" nashri muxbiri Kris Bartonning xabariga ko'ra, futbolchi katta ehtimol bilan bir o'yinni o'tkazib yuboradi. Shu holatda u "Yang Boyz"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi.

Shunday bo'lgan taqdirda Ronaldu o'zining jonajon stadionlaridan biri - "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal