“Yuventus” hujumchisi A Ceriya 17-turi doirasida “Sampdoriya”ga qarshi o'tkazilgan bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Natijadan qoniqdim. Bu qiyin o'yin bo'ldi. Raqib sifatli o'yin namoyish etdi. Ammo biz ham ishga nisbatan to'g'ri munosabat namoyish etdik. Mening golim? Bu yaxshi gol edi. Jamoaga g'alaba qozonishda yordam berganimdan xursandman”, - deydi Ronaldu.