Ronaldu: Monakoga faqatgina tatilda borishim mumkin

5 iyul 2013, 16:56
“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu, ushbu mavsumda jamoa tarkibini kuchli futbolchilar bilan to'ldirishga qattiq harakat qilayotgan Monakoga o'tmasligini aytib o'tdi.

“Monako” – ajoyib boshliqqa ega bo'lgan katta salohiyatli klub hisoblanadi. Ular yaqindagini oliy divizionda o'ynashni boshlashdi. Kelajakda bu klubda o'ynamayman deb ayta olmayman, lekin hozirda madridning “Real” klubida ekanligidan juda baxtiyorman. Hozirda men Monakoga faqatgina tatilni o'tkazish uchun borishim mumkin”, - deya ta'kidladi Portugaliya terma jamoasi futbolchisi.


Manba: championat.com