Ronaldu: "Men Messidan ko'ra ko'proq mukofotlarga loyiqman"

Alisher
18 sen 2019, 12:14
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Messi bilan sovrinlar borasidagi raqobati haqida gapirdi.

"Men Messidan ko'ra ko'proq mukofotlarga ega bo'lishni xohlardim va bunga loyiqman deb o'ylayman. Messi - fantastik yigit. U allaqachon futbol tarixiga kirgan, ammo men undan o'tib ketish uchun olti, etti va sakkizta "Oltin to'p"ni yutishim kerak edi".

"Biz u bilan do'stmiz, ammo 15 yil davomida bitta sahnada raqobatda bo'ldik. Menda u bilan yaxshi aloqalar bor. U meni zo'r o'yinchi bo'lishim uchun motivaciya bergan va men ham shunday".

"Aminmanki, men shuncha qilgan ishlarimdan so'ng futbol tarixiga kira oldim", - deydi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports