Ronaldu - media oficerlarga: "Siz tufayli ahmoqona ko'rinyapman"

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2015, 13:47
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining matbuot-kotibidan jahli chiqdi.

Gap shundaki portugaliyalik jurnalistlarning savollariga javob berayotgan edi, ammo kutilmaganda media-oficer matbuot-anjumani yakunlanganini ma'lum qildi.

"U tufayli ketishga to'g'ri keldi. Jurnalistlar bilan kelisha olmay qolishimni istaysizmi? Bu sizning ishingiz. Siz tufayli endi ahmoqona ko'rinyapman" - deydi Ronaldu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com