

Avvalroq hujumchi bosh murabbiy Fernandu Santush uni Shveytsariyaga qarshi (6:1) nimchorak final uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushirmaganidan g'azablangani haqida xabar berilgandi. Ronaldu esa terma jamoani tark etmoqchi ekani ma'lum qilingandi.
"Payshanba kuni Krishtianu Ronaldu Fernandu Santush bilan suhbat chog'ida terma jamoani tark etish bilan tahdid qilgani haqida ma'lumot e'lon qilindi.
Portugaliya futbol federatsiyasi rasman terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati vaqtida jamoani tark etish bilan tahdid qilgani yo'qligini ma'lum qiladi.
Krishtianu Ronaldu har kuni o'ziga xos yutuqlarga erishadi, terma jamoa va mamlakatga xizmat qiladi. Bu hurmat qilinishi kerak. Bu uning terma jamoaga sodiqligidan dalolat beradi.
Darvoqe, Portugaliya terma jamoasi uchun eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchining fidoyilik darajasi, agar kerak bo'lsa, 2022 yilgi Jahon chempionati 1/8 finali doirasidagi Shveytsariyaga qarshi o'yinda yana bir bor namoyon bo'ldi.
Milliy terma jamoa – futbolchilar, murabbiylar va Portugaliya futbol federatsiyasi xodimlari birinchi kundanoq mamlakat tarixidagi eng yaxshi Jahon chempionatini o'tkazish majburiyatini o'z bo'yniga olishgan", – deyiladi Portugaliya futbol federatsiyasi bayonotida.



