Ronaldu Golden Foot sovriniga nomzod

8 iyul 2013, 11:37
Madridning Real jamoasi yulduzi jahonning eng yaxshi 28 yoshdan oshgan futbolchisiga beriladigan sovrin uchun 10 talik nomzodlar ro'yxatiga kiritildi.

Ushbu sovrin birinchi marta 2003 yilda berilgan bo'lib, agar uni yutsa, Ronaldu bu sovrinni yutgan birinchi Portugaliyalik futbolchi bo'ladi.

Uning jamoadoshi Iker Kasilias va Barselona futbolchisi Andres Iniesta ham nomzodlar ro'yxatidan joy olgan.

Futbolchining butun faoliyati hamda uning hozirgi holatini inobatga oladigan ushbu mukofot Roberto Karlos, Ronaldinyo, Franchesko Totti va Zlatan Ibragimovichlarga berilgan.

Bu sovrinni bir futbolchi faqat bir marotaba yutishi mumkin.

Ronaldu, Kasilias va Iniestadan boshqa nomzodlar quyidagilar:
Samuel Eto-o (Anji, Maxachkala), Andrea Pirlo (Yuventus), Didie Drogba (Galatasaray), Frenk Lempard (Chelsi), Miroslav Kloze (Lacio), David Trezege (River Pleyt) va Devid Bekxem (PSJ dan ketmasidan avval).


Manba: goal.com