Ronaldu YCHLdagi o'zining eng tezkor golini urishga muvaffaq bo'ldi

4 apr 2018, 07:05
Kecha Ronaldu “Yuve” darvozasini ikki bora ishg'ol qildi.

Shulardan biri o'yininng 3-daqiqasida Janluiji Buffon darvozasidan joy oldi. Ronaldu shu vaqtga qadar Chempionlar Ligasida 3-daqiqada gol kiritmagan edi. Bu uning o'z faoliyati davomida mazkur musobaqadagi eng tezkor goli sifatida tarixga kirdi. Shuningdek, endilikda Ronaldu hisobida Jiji Buffon darvozasiga kiritilgan 8 ta gol bor, u buncha gol urishi uchun 9 ta zarba kifoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta