Ronaldu, Drogba, Azar va boshqalar. Joze Mourinyo o'zi boshqargan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzib chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
15 dek 2023, 08:33
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo faoliyati davomida birga ishlagan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzib berdi.

Ramziy tarkibga quyidagi futbolchilar kirdi: Petr Chex (Chelsi, Angliya), Xaver Zanneti (Inter, Italiya), Jon Terri (Chelsi, Angliya), Rikardu Karvalyu (Portu, Portugaliya, Chelsi, Angliya va Real Madrid, Ispaniya), Vilyam Gallas (Chelsi, Angliya), Klod Makelele (Chelsi, Angliya), Frenk Lempard (Chelsi, Angliya), Mesut Ozil (Real Madrid, Ispaniya), Krishtianu Ronaldu (Real Madrid, Ispaniya), Eden Azar (Chelsi, Angliya) va Dide Drogba (Chelsi, Angliya).

Murabbiy faoliyati davomida Benfika, Leyrika, Portu, Chelsi, Inter, Real Madrid, Manchester Yunayted, Tottenxem va Roma jamoalarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Mail