Ronaldu bugun nega asosiy tarkibda maydonga tushmagani ma'lum
Eldor Akmurzayev
24 may 2021, 00:25
A Seriya 38-turidan o'rin olgan “Bolonya” – “Yuventus” bahsida Krishtianu Ronaldu zaxirada qoldi.
Sky Sport Italia jurnalisti Matteo Bonetti xabar berishicha, portugaliyalik o'zida qattiq charchoq his etgan va shu tufayli Andrea Pirlo uni asosiy tarkibda maydonga tushirmadi.
Ayni vaqt uchrashuvda turinliklar g'alaba qozonmoqda.