

Portugaliyalik hujumchi bugun bo'lib o'tadigan JCH-2022 chorak finali doirasidagi Marokashga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"Portugaliya allaqachon bitta Jahon kubogi – muxlislar chempionatini yutdi! Bu yerda, vatanimizdan uzoqda bo'lgan Qatarda biz ko'plab portugaliyaliklarning qo'llab-quvvatlashi va mehrini his qilyapmiz (nafaqat ulardan!), va bu hayratlanarli.
Yaxshi va yomon kunlarda bizni qo'llab-quvvatlashda davom eting va biz bunga javoban sizga g'alabalar keltirish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz! Olg'a, Portugaliya!", – dedi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardan birida.


