Ronaldu Allegri bilan "Yuventus"dagi rolini muhokama qilib oladi

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2021, 19:33
"Yuventus"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin jamoasi yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan klubdagi o'z o'rnini muhokama qiladi.

Manbaning xabar berishicha, Ronaldu katta ehtimol bilan yozgi transfer oynasida Italiya klubidan kyetmaydi. "Yuventus" forvard uchun yaxshi taklif kelsagina uni qo'yib yuboradi.

36 yoshli Ronaldu o'tgan mavsumda "Yuventus" uchun 44 o'yinda 36 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport