

Qayd etilishicha, Ronaldu "Al Nassr" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Hozir portugaliyalik futbolchi o'z atrofidagilar bilan professional faoliyatini boshlagan Lissabonning "Sporting" klubiga qaytish imkoniyatini jiddiy o'ylab ko'rmoqda.
Qizig'i shundaki, "Sporting"da yozda hujumchi o'rni bo'shaydi – yulduz hujumchi Viktor Gyokeresh jamoani tark etishi mumkin. Shunday ekan, Ronaldu shvetsiyalik hujumchining o'rnini egallaydi.
Krishtianu Ronaldu "Sporting" akademiyasining tarbiyalanuvchisi bo'lib, u yerdan 2003 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tgan.



