Ronaldu: "34 yosh bo'lsam ham o'zimni ajoyib his qilyapman"

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019, 16:12
Millatlar ligasi finali oldidan Krishtianu Ronaldu o'zining jismoniy holati haqida gapirdi.

"Tayyorgarligimdagi asosiy sirim - ish odobi. 34 yoshga kirgan bo'lsam ham, o'zimni ajoyib his qilyapman. Asosiysi - miyani ishlatish. Ishtiyoqni saqlab qolish kerak va shu orqali o'zingizni doimo baxtli his qilasiz. Futbol hali menga ko'p narsalarni bera oladi deb ishonaman", - dedi Ronaldu.

Ronaldu 2018/19 yilgi mavsumda 46 o'yinda qatnashib, 31 gol urib, 13 golga assistentlik qildi. Bugun u sardorlik qilayotgan Portugaliya termasi Millatlar ligasi finalida Gollandiyaga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com