Ronaldo Xitoyda 30ta futbol maktabi ochadi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2015, 15:18
Afsonaviy braziliyalik hujumchi Ronaldo Xitoyda 30ta futbol maktabi ochishini ma'lum qildi.

"Xitoyda juda ko'p futbolchilar va ishqibozlar bor. Mamlakat rahbariyati va turli xil tashkilotlar bu sport turini ommaviylashtirish bilan shug'ullanmoqda, shu sababli men ham ushbu ishga qo'l urdim" - deydi Ronaldo.

Mutaxassislar Xitoy futbolidagi sarmoya ancha o'sishini bashorat qilishmoqda. Masalan, mamlakat chempionati o'yinlarini ko'rsatishning 5 yillik huquqlari 1,26 mlrd evroga sotildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com