Ronaldo rasman "Kruzeyro" xo'jayiniga aylandi. Endi uning ikkita shaxsiy klubi bor

Alisher
15 apr 2022, 12:20
Braziliya terma jamoasi sobiq forvardi Ronaldo Braziliyaning "Kruzeyro" klubining 90% akciyasini sotib oldi va jamoa xo'jayiniga aylandi.

Bu haqda klub sayti xabar bermoqda. Bitim Ronaldoga 70 million dollar atrofidagi mablag'ga tushdi.

"Kruzeyro" Ronaldo egalik qiladigan ikkinchi klubga aylandi. Unga shuningdek Ispaniyaning "Valyadolid" klubi ham tegishli.

Eslatib o'tamiz, Ronaldo - Braziliya terma jamoasi tarkibida ikki karra (1994, 2002) jahon chempioni.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: cruzeiro.com.br