Ronaldo: “Kasilyas hozir og'ir vaziyatda”

Narzulla Saydullayev
24 sen 2013
Braziyalik futbol yulduzi Ronaldo jurnalistlarga bergan intervyusida “Real Madrid” darvozaboni Iker Kasilyas haqida to'xtalib o'tdi.
Uning aytishicha, Kasilyas hozir qiyin ahvolda qolgan, chunki boshqa bir darvozabon Diego Lopes ayni paytda juda yaxshi sport formasida. 

“Kasilyas hozircha La Liganing birorta o'yinida maydonga tushmadi, - deydi Ronaldo. – Bunga sabab jamoada Diego Lopesdek kuchli darvozabon borligida. O'ylashimcha, Kasilyas “Real”da to'p surishni boshlaganidan beri Lopesga o'xshagan kuchli darvozabon bilan hali raqobatlashmagan edi. Menimcha, murabbiy to'g'ri qarorga kelyapti, chunki Lopes juda yaxshi o'yinchi. O'z vaqtida Diego men bilan bitta jamoada shug'ullangandi, shu bois uni yaxshi bilaman”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com