Ronaldinyo nima uchun o'z vaqtida "Barsa"dan ketganini aytdi
Aziz Tukhtamuradov
16 okt 2017, 17:20
Afsonaviy braziliyalik futbolchi 2008 yilda Xosep Gvardiola bilan yomon munosabatlar sabab ketmaganini aytib o'tdi.
"O'shanda o'zim "Barselona"dan ketish qaroriga kelgandim. O'sha vaqtda men o'zimning barcha maqsadimga erishgandim. Vaziyatni o'zgartirishim kerak edi.
Pep bilan munosabatlarimiz doimo yaxshi bo'lgan", - deydi Ronaldinyo.