Ronaldinyo "FourFourTwo" tomonidan 2000-yillarning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2023, 16:30
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo "FouFourTwo" portali talqinida 2000-yillarning eng yaxshi futbolchilari reytingida birinchi o'rinni egalladi.

Fransiyalik Zinedin Zidan ikkinchi o'rinni egalladi. Braziliyalik Kaka kuchli uchlikka yakun yasadi.

Ronaldinyo 2018 yilning yanvarida faoliyatini yakunlagan. U 2004 va 2005 yillarda FIFA talqiniga ko'ra "Oltin to'p" sohibi va dunyoning eng yaxshi futbolchisi, Braziliya terma jamoasi tarkibida 2002 yilda jahon chempioni bo'lgan.

"FourFourTwo" ma'lumotlariga ko'ra, 2000-yillarning eng yaxshi 10 nafar o'yinchisi quyidagilardan iborat:

1. Ronaldinyo;

2. Zinedin Zidan;

3. Kaka;

4. Terri Anri;

5. Krishtianu Ronaldu;

6. Xavi;

7. Ronaldo;

8. Andres Inesta;

9. Zlatan Ibragimovich;

10. Lionel Messi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FourFourTwo