

Himoyachi yanvar oyida "Barselona" bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan bitimga imzo chekdi. Kelishuv bo'yicha futbolchining tovon puli 1 mlrd. evroni tashkil qiladi.
Ammo unga qiziqish bildirgan klublar futbolchini 70 mln. evroga sotib olishi mumkin. Ammo bu narx faqat 2025 yilning 1 iyulidan 10 iyuligacha amal qiladi.
Shartnomani uzaytirishdan asosiy maqsad Arauxo jamoani qishda tark etmasligi edi.
Shu sababli bitimda futbolchi yozgi transfer oynasida "Barselona"ni tark etishiga imkoniyat yaratib berilgan.



