Romero: "Men "Manchester Yunayted"ga rad javobini bermaganman"

Narzulla Saydullayev
7 sen 2014, 10:01
"Sampdoriya" va Argentina terma jamoasi posboni Serxio Romero yozda MYUga o'tishni istamagani haqidagi xabarni rad qildi.
"Menda 2-3ta variant bor edi, ammo hech biri amalga oshmadi. "Manchester Yunayted"ga rad javobini berdim? Dunyoning eng kuchli klublaridan biriga yo'q deyishimga ishonasizmi?

Endi "Sampdoriya" safida o'zimni ko'rsatishga urinaman. Murabbiy bilan gaplashib oldim, shu yerda g'alabalarga erishmoqchiman", - deydi Romero.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru