Romano: Ibragimovich "Milan" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2022, 21:48
Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, futbolchi "Milan" bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan kelishuvga imzo chekadi.

Manbaga ko'ra, 40 yoshli hujumchi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bitimga imzo qo'yadi. Unga ko'ra u bonuslarni qo'shib hisoblaganda yiliga 1,5 million evro oladi.

Ibragimovich o'tgan mavsumda "Milan" safida barcha turnirlar doirasida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano