Roman Abramovich "Chelsi"ni sotishga tayyor

Mirjalol Normatov
1 iyun 2018
Britaniya hukumati vizasini cho'zib bermagani uchun, Roman Abramovich "Chelsi"ni sotishni niyat qilmoqda.

London klubi "Stemford Brij"ni ta'mirlash ishlarini to'xtatib to'xtatib qo'yganini rasman e'lon ham qilgan. Vaholanki, rahbariyatdagilar buning uchun 570 mln evro yig'ib qo'yishgandi.

Abramovich 15 yil davomida "Chelsi" uchun 1,14 mlrd evro ishlatib bo'lgan. Bunda uning klubni 160 mln evroga sotib olingani hisobga olinmagan. “Times” xabariga ko'ra, rossiyalik biznesmen klubni kamida 1,2 mlrd evroga sotishni rejalashtirmoqda.

"Chelsi" Abramovich davrida 5 martadan Angliya chempionligi va kubogini, YCHL va Yevropa ligasini qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Times