A Seriya. "Roma" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yin gollar shousiga aylandi

Alisher Ostonov
2 mar 2026, 02:40
Italiya A Seriyasi 27-tur doirasidagi "Roma" - "Yuventus" o'yini bo'lib o'tdi.

“Roma” va “Yuventus” o'rtasidagi o'yin 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Rimliklar safida gollarga Uesli Franka (39-daqiqa), Evan Ndika (54) va Doniell Malen (65), turinliklar safida Francisko Konseysau (47), Jeremi Boga (78) va Federiko Gatti (90+3) mualliflik qildi.

“Roma” A Seriya turnir jadvalida 27 ta o'yindan so'ng 51 ochko jamg'argan holda to'rtinchi, “Yuventus” esa 47 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda. Turnir jadvalini 67 ochko bilan “Inter” boshqarmoqda.








O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia