“Roma” Vegxorstni sotib olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
5 avg 2023
"Byornli" hujumchisi Vaut Vegxorst faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli niderlandiyalikning vakillari futbolchini "Roma"ga taklif qilishgan. Avvalroq hujumchiga "Everton"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Vegxorst o'tgan mavsumni ijara asosida "Beshiktosh" va "Manchester Yunayted"da o'tkazdi. U 49 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan. Hujumchi "Manchester Yunayted" tarkibida 31 ta o'yinda 2 ta to'p kiritgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira