"Roma" UEFAdan musobaqalarni to'xtatishni talab qildi

12 mar 2020, 23:27
Rimning "Roma" klubi Shveytsariyaning Non shahrida joylashgan UEFA shtab-kvartirasiga xat yo'lladi.

Maktubda tashkilotdan koronavirus epidemiyasining tarqalishi bilan bog'liq golobal vaziyatni inobatga olish so'ralgan.

Bunga qadar (chorshanba kuni) "Roma" Yevropa ligasi nimchorak final bosqichi doirasidagi "Sevilya" bilan o'ying tashrif buyurmasligi ma'lum bo'lgandi.

Natijada, UEFA "Roma" va "Inter" ishtirokidagi uchrashuvlarni noma'lum muddatga qoldirdi.

Keyinroq ma'lum bo'ldiki, tashkilot "Inter" va "Roma"dan ELni tark etishni, musobaqa odatiy ko'rinishda davom etishini so'ragan. Ammo ikkala italyan jamoasi ham buni rad qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: gianlucadimarzio.com