"Roma" sobiq hujumchisi Totti murabbiylik kurslarini boshlaydi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 13:51
"Roma" sobiq sardori va hujumchisi Franchesko Totti tez orada murabbiyga aylanadi.

2016/17 mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlagan Totti Trigoriyada bo'lib o'tadigan murabbiylik kurslariga yo'l oldi.

Franchesko Totti 1993 yildan beri "Roma" sharafini himoya qiladi. U Rim klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning hisobida 785 ta rasmiy o'yin, 307 ta gol va 124 ta golli pas bor. 40 yoshli Totti faoliyatini yakunlab "Roma" direktori vazifasini egalladi.

Eslatib o'tamiz, Franchesko Totti bir kun kelib "Roma" bosh murabbiyi bo'lishini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport