"Roma" Mourinyu ketganidan so'ng 10ta o'yindan 1tasida mag'lubiyatga uchradi va 7ta g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2024, 23:49
"Roma" Joze Mourinyu iste'fosidan so'ng A Seriyaning 70% uchrashuvlarida g'alabaga erishdi.

Daniele De Rossi jamoasi bugun "Lechche" bilan durang (0:0) qayd etdi.

Rimliklar yangi murabbiy qo'l ostida A Seriyada 10ta bahs o'tkazdi. Ularning 7tasi g'alaba, 2tasi durang bilan yakun topdi. Yagona qabul qilib olingan mag'lubiyat "Inter"dan bo'ldi.

"Roma"ni keyingi bahsda "Lacio"ga qarshi derbi kutib turibdi (6 aprel).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia