"Roma" hujumchisi faoliyatini Yaponiyada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2024
Ola Solbakken "Urava Red Daymonds"ga o'tdi.

Italiyaning "Roma" jamoasi hujumchisi Ola Solbakken faoliyatini Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" klubida davom ettiradi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, 25 yoshli Solbakken "qizil olmoslar" safida ijara asosida o'ynaydi.

Norvegiyalik futbolchi joriy mavsumning birinchi yarmini ham ijara asosida Gretsiyaning "Olimpiakos" klubida o'tkazdi va 8 ta o'yinda qatnashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano