“Roma” Bentekeni sotib olishni istamoqda

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013, 12:37
“Aston Villa” klubi hujumchisi Kristian Benteke “Roma” klubi qiziqish doirasiga kirib qoldi, deb xabar beradi Calcio Mercato.

Rimliklar “Sanderlend”ga kyetib qolgan Pablo Osvaldoning o'rniga o'rindosh qidirishmoqda. “Bo'rilar”ning ko'z ostidagi nomzodlardan biri 22-yoshli belgiyalik Benteke bo'lib turibdi. Hozircha “Roma” Belgiya terma jamaosi a'zosi uchun qancha taklif etishi noma'lum. Benteke Birmingem klubiga o'tgan yili o'tgan edi va shu davr mobaynida 37 ta o'yinda 22 gol urishga erishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru