“Roma” Alissonning maoshini ikki barobarga oshirishga tayyor

8 may 2018, 09:14
“Roma” agar darvozabon Alisson Beker shartnomasini uzaytirishga rozi bo'lgan taqdirda uning maoshini ikki barobarga oshirmoqchi.

Qayd etilishicha, “Roma” rahbariyati braziliyalik darvozabon bilan 2023 yilgacha yangi shartnoma imzolashni reja qilgan. Unga ko'ra, posbon yiliga 3 million evro ishlab topadi.

Avvalroq 25 yoshli darvozabonga “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va PSJ klublari qiziqayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports