Robin van Persi MYU safidagi 50-golini urdi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2014, 16:00
"Manchester Yunayted" hujumchisi Robin van Persi "Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Menimcha, birinchi bo'limda anchagina yaxshi o'ynadik. Ikkinchi bo'limda Runining chetlatilishi tufayli bizga qiyin bo'ldi. Har birimiz g'alaba uchun oxirigacha kurashdik", - deydi van Persi.

"Bu g'alaba - oddiygina uch ochko emas", - qo'shimcha qildi u.

Ushbu o'yinda urilgan gol van Persi uchun MYU safidagi 81-uchrashuvdagi 50-goli bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru