Robin Olsen Ispaniyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
7 iyul 2021, 13:08
Madridning "Atletiko" klubi zaxira darvozaboni izlamoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Ispaniya chempioni rahbariyati "Roma"ning shvetsiyalik darvozaboni Robin Olsenga qiziqish bildirmoqda.

"Matraschilar" Rim klubiga 31 yoshli futbolchi bo'yicha taklif yubordi.

Posbon o'tgan mavsumni ijara asosida "Everton"da o'tkazdi. Olsen ingliz klubi tarkibida APLda 7ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 9ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira