"Verder"ning yil boshidan buyon kichik inqirozni boshidan kechirayotganidan ko'pchilikning xabari bor. Bremenliklar bundesliganing o'tgan turida "Bavariya"ga 0:7 hisobida mag'lubiyatga uchradilar. Aynan, o'sha uchrashuvdan so'ng ko'pchilik jamoa bosh murabbiyi Robin Duttning iste'foga chiqarilishi mumkin ekani to'g'risida gapira boshlagandi. Ammo "Verder" sport direktori Tomas Ayxin jamoa rahbariyatining Duttdan umidi hali katta ekanini ta'kidladi.
- Iste'fo to'g'risida gap bo'lishi mumkin emas. Biz Duttga ishonamiz, hali undan umidimiz katta. Yuz foiz ishonch bilan aytishim mumkinki, Robin Dutt "Verder"da qoladi, - dedi turli xil gap-so'zlarga barham bermoqchi bo'lgan Ayxin.
"Verder" mavsum boshidan buyon ishqibozlar kutgan o'yinni namoyish eta olayotgani yo'q. Katta tarixga ega bo'lgan jamoaning bunday natijalarni qayd etayotgani ko'pchilik futbol muxlislarini hayron qoldirmoqda. Shu boisdan ko'pchilik tez orada mashshqolar jamoasida yangi islohotlar bo'lib o'tishiga ishonmoqda. Ko'ramiz, voqealar qanday rivojlanar ekan…