Robertson "Liverpul" bilan yangi bitim tuzdi

Sherzod Nurmatov
24 avg 2021
"Liverpul" o'z rasmiy saytida chap qanot himoyachisi Endryu Robertson bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

27 yoshli shotlandiyalik klub bilan uzoq yillik shartnoma tuzdi.

OAV ma'lumotilariga ko'ra, futbolchining "qizillar" bilan yangi kelishuvi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Robertson "Liverpul"ga 2017 yilda "Xall Siti"dan kelib qo'shilgan edi. U jamoa safida 177 ta o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com