Roberto Martines Turkiya haqida: "Xorvatiya va Uels bor guruhda peshqadam bo'lgan"

Mirjalol Normatov
3 dek 2023, 12:12
Portugaliya termasi bosh murabbiyi Roberto Martines Evro-2024 qur'asi haqida gapirdi.

Portugallar Turkiya, Chexiya hamda saralashning C yo'li g'olibi (Gruziya, Lyuksemburg, Gretsiya yoki Qozog'iston) bilan bir guruhdan o'rin oldi.

"F guruhiga tushdik, demak, turnirni ilk kundanoq boshlamaymiz. Raqiblar esa oson emas. Chunki saralashdan keladigan terma yuqori kayfiyatda bo'ladi.

Men uchun Chexiyaning bosh murabbiyi yo'qligi ayni damda topishmoq bo'lib turibdi. Ushbu termada yaxshi futbolchilar yig'ilgan.

Turkiya jsa Xorvatiya va Uels bor guruhda peshqadam bo'ldi. Bu yuqori darajadagi terma", - dedi Martines.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal