Roberto Martines Jahon chempionatidagi omadsizlikdan so'ng Belgiya terma jamoasidan ketishini e'lon qildi

Administrator
1 dek 2022, 23:53
Belgiya guruhda qolib ketdi.

Xorvatiyaga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmagan Belgiya terma jamoasi guruhdan chiqa olmadi. Ushbu omadsizlikdan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Martines o'z iste'fosini e'lon qildi.

"Bu mening terma jamoa boshqaruvidagi oxirgi o'yinim edi. Men davom eta olmayman. 

Futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan xayrlashdim. Jahon chempioni bo'lgan taqdirimizda ham termani tark etgan bo'lardim. Bu qarorni mundialdan oldin qabul qilib bo'lgandim", -deydi Roberto Martines.

Ma'lumot uchun, Roberto Martines 2016 yildan beri Belgiya terma jamoasi ustozi sifatida faoliyat yuritib kelardi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Het Laatste Nieuws