Robbenning otasi: "Tez orada "Bavariya" bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara o'tkazamiz"

Aslanov Jasurbek
21 okt 2016, 13:14
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben tez orada klub rahbiriyati bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaydi.

Bu haqda futbolchining otasi Xans Robben ma'lum qildi.

"Biz muddat haqida kelishib oldik. Tez orada "Bavariya" bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara o'tkazamiz" - deydi Xans Robben.

Robbenning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild