Robben: "Borussiya"ga qarshi bahsda "Bavariya" bosimga uchramaydi"
Aslanov Jasurbek
2 noya 2017, 17:12
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bo'ladigan Bundesliganing 11-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Borussiya"ga qarshi bahsda "Bavariya" emas, raqib bosimga uchraydi. Biz ulardan 5 ochko orqada edik, hozir esa 3 ochko oldindamiz. Bundan xursandmiz" - deydi Robben.
"Bavariya" va "Borussiya" o'rtasidagi uchrashuv 4 noyabr kuni bo'lib o'tadi.