Robben: "Bavariya"dagi so'nggi yilim"

Mirjalol Normatov
2 dek 2018, 22:54
Yarim himoyachi Aren Robben "Bavariya"dan ketishini ma'lum qildi.

"Bu "Bavariya"dagi so'nggi mavsumim. O'tgan 10 yil uchun minnatdorman", - dedi Robben "Omnisport"ga.

Gollandiyalik futbolchining "Bavariya"dagi shartnomasi 2019 yilning yozida o'z kuchini yo'qotadi. U 2009 yilda 25 mln evro evaziga "Real"dan "Bavariya"ga o'tgandi. O'sha vaqtdan buyon u myunxenliklar tarkibida 305 o'yinda 143 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Omnisport