

“Bu yilgi mavsumda yana “Bavariya” tarkibida maydonga tusha olishimga ishonmayapman. Ochig'i qachonga maydonga tushishim haqida aniq ma'lumot aytolmayman. Kelajagim? Men bir qator klublardan takliflar olayapman. Ma'lum vaqt o'tib, yana mashg'ulotlarni davom ettirishni istayman” deydi Robben “Sky Germany”ga bergan intervyusida.
Aren 2009 yildan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u “Real”, “Chelsi”, “PSV” va “Groningen” klublarida to'p tepgan.
Joriy mavsumda Robben Bundesligada 9 ta uchrashuv (7 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushgan. 35 yoshli futbolchi hisobida bu mavsumda 3 ta gol mavjud.



