Rizo Ayvazov: "Golimni Murod Ismoilovga bag'ishlayman"

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2017, 07:20
"Mashal" - "Neftchi" (2:2) bahsidan so'ng farg'onaliklar hujumchisi Rizo Ayvazov o'yin haqida fikr bildirdi.
- Ochig'i, "Mashal" maydoniga faqat g'alaba uchun kelgandik. Qiyin o'yin bo'ldi. Bahs davomida ko'proq to'pni nazorat qildik. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Biroq bizga biroz omad yetishmadi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, mehnat qilishdi.  O'tgan to'rt oy uchun Murod aka Ismoilovga katta rahmat aytmoqchiman. Aynan ushbu mutaxassis meni katta o'yinlarga tayyorladi. "Mashal" darvozasiga urgan golimni Murod Muzaffarovichga bag'ishlayman. Bizni oldida yana bir qator o'yinlar kutmoqda. "Neftchi" muxlislar uchun o'ynaydi. Navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonib ularni xursand qilishni istaymiz, - dedi Ayvazov


Eslatib o'tamiz, Rizo Ayvazov Oliy liganing 13-turida "Dinamo"ga qarshi bahsda debyut qilgandi. Oradan bir tur o'tib hujumchi o'zining jamoa safidagi birinchi golini urdi.

"Neftchi" matbuot xizmati



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz