"Rizespor" Husniddin Aliqulov uchun "Nasaf"ga qancha to'ladi?

Aslanov Jasurbek
5 avg 2023, 19:49
Turkiyaning "Rizespor" klubi O'zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" sobiq himoyachisi Husniddin Aliqulov transferini e'lon qildi.

Aliqulov "yashil-ko'klar" bilan "3+1" ko'rinishidagi shartnoma tuzdi.

Narzulla Saydullaev o'z Telegram kanalida transfer qanchaga amalga oshganini e'lon qildi. Championat.asia bosh muharririning ma'lumotiga ko'ra, qarshiliklar Husniddin Aliqulov transferidan 400 000 evro ishlab olgan.


Ma'lumot o'rnida, "Rizespor" Rize shahri jamoasi bo'lib, 2020/23 yilgi mavsum Turkiya Superligasida ishtirok etadi. Uy o'yinlarini 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan Yeni Rize Şehir stadionida o'tkazadi.

Avvalroq Aliqulov shartnoma imzolash uchun Turkiyaga yetib borganini ma'lum qilgan edik. Undan oldin esa saytimiz orqali uning legionerga aylanayotgani haqida birinchilardan bo'lib xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia