"River Pleyt" prezidenti: "Batalya "Real"ga o'tish borasida qiziqib qolgan"

Aslanov Jasurbek
26 mar 2015, 10:18
"River Pleyt" darvozaboni "Real"ga o'tish haqida qiziqib qolgan.

Bu haqda Argentina klubi prezidenti Rodolfo D'Onofrio ma'lum qildi.

"Ikki tomon o'rtasida muzokaralar o'tmoqda. "Real"dagilar uni xarid qilish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishmoqchi. Hozircha hech narsa imzolangani yo'q, ammo Batalya "Real"ga o'tish borasida qiziqib qolgan" - deydi Rodolfo D'Onofrio.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com