Rivaldo: "Jahon chempionati favoritlari Ispaniya va Argentina"

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2014, 18:44
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Rivaldo bergan intervyusida, Ispaniya va Argentina terma jamoalarini jahon chempionati favoritlari deb atadi.
Rivaldo o'z terma jamoasi mundialda qaysi bosqichgacha yetib bora olishi haqida fikr bildirmadi.

"Ispaniya va Argentina  jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoalarning eng kuchlisi. Bu ikkisini favorit hisoblayman. Braziliya terma jamoasiga keladigan bo'lsak, JCH 2014da yaxshi ishtirok etish uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishadi, lekin jiddiy bosimga duch kelishadi", - deydi Rivaldo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com