Rivaldo Fati haqida fikr bildirdi

Mirjalol Normatov
22 sen 2019, 14:28
"Barselona" afsonasi Rivaldo 16 yoshli hujumchi Ansu Fati haqida fikr bildirdi.

"Muxlislarning Fatiga bo'layotgan ishonchini tushunib turibman. Biroq uni Messiga o'xshatish va uning o'rnini bosishi kabi savollar berish hozir noo'rin. Fatining iqtidoriga hech qachon shubxa qilmaganman. U hali yosh go'dak kabi va uni erkalatib yuborish shart emas. Unga imkoniyat taqdim qilish kerak. Shunda u yangi Messi bo'la oladi.

Neymar qaytsa, Fatining kelajagiga putur yetishi mumkin. Agarda jamoa yaxshi natijalar qayd etaversa, Neymarga o'rin bo'lmaydi. Shuningdek, kelasi transferlar oynasigacha Fati o'zini ko'rsatib turishi kerak", - dedi Rivaldo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express