Rio Ferdinand simulyantlarni jazolashni talab qildi

Tolibjon Qosimov
17 sen 2013, 13:00
“Manchester Yunayted” himoyachisi Rio Ferdinand, klub bosh murabbiyi Devid Moyesning simulyatlarni jazolash fikrini qo'llab quvvatladi.

Biroq “qizil iblislar” o'yinchisi bu qoidani nafaqat premer-ligada balki butun dunyo futbolida qo'llash kerakligi aytib o'tdi.

- Bunday holatning nafaqat premer-ligada balki butun dunyo futbolida sodir bo'lishi g'alati albatta. Premer-ligada bizga simulyaciya ishlatmaslikni aytishadi, lekin Chempionlar ligasi bahslarida boshqa davlat klublari bilan o'ynab turib shunday holatlarning guvohiga aylanaman. Himoyachilarga qiyin, chunki ular har doim hujumchilarga qarshi qanday o'ynash kerakligi haqida bosh qotirishadi. Hujumchilar ayyorona hatti harakatlari bilan hakamni o'zilariga qarata bilishadi. Hakamlarga esa bunday vaziyatda oqilona qaror qabul qilish oson bo'lmasligi mumkin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru