Rio Ferdinand: "Anri Ronaldu haqida ishtiyoqsiz gapiradi"

Aslanov Jasurbek
25 mar 2024, 21:20
Rio Ferdinand Terri Anrining Krishtianu Ronalduga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.

"Terri Ronaldu haqida ishtiyoqsiz yoki ilhomlanmay gapiradi. U huddi Krishtianuning xizmatlarini kamsitayotgandek tuyiladi.

"Xayberi"da bir voqea yuz bergan. Anri Ronalduning boshini orqasiga urib qo'ygan, Krishtianu esa uni turtib yuborgan, keyinroq esa g'alaba golini urib ketgan edi. O'sha voqea Terriga hali ham ta’sir qilsa kerak" - deydi MYU sobiq himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail