Rim klubi turkiyalik futbolchini xarid qilmoqchi

Alisher
13 dek 2019, 17:51
"Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Rossonerilar" vakillari va "bo'rilar" rahbariyati futbolchi borasida o'zaro muzokaralar olib borishdi.

Rim klubi Chalxanoglu uchun Amadu Diavara, Jengiz Uder va Diego Perottilarni taklif qilishga tayyor.

Qiziq jihat shuki, Chalxanogluning o'zi "Milan"da qolishni xohlamoqda va klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Futbolchi joriy mavsum A Seriyada 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport